16:38 / 17.04.2024
88

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi

Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi
Foto: Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan INDIE SHORT FEST kinofestivalining “Eng yaxshi klip” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rejissyorlar Nodir va Xurshid Sobirovlar tomonidan ishlangan ushbu klip mutaxassis va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan.

Quvonarlisi shundaki, bu klip 2023 yili Los-Anjeles shahrida Cine Gear Expo 2023 ko‘rgazmasida ham e’tirof etilgandi. Ya’ni 60 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilar orasidan “Mendirman” qo‘shig‘iga suratga olingan klip “Musiqiy va qisqa metrajli filmlar” nominatsiyada ishtirok etib, “Eng yaxshi klip” deb e’lon qilingandi.

Foto: Instagram
Eslatib o‘tamiz, klip 2018 yili “9999” studiyasi tomonidan suratga olingan, YouTube tarmog‘ida 7 millionga yaqin ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi