Superog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik o‘zini aktyor sifatida sinab ko‘radi. Ukrainalik bokschi “Ezilgan mashina” (The Smashing Machine) filmida ishtirok etadi. Film MMA jangchisi Mark Kerr haqida bo‘ladi.
Bosh rolni aktyor Dueyn Jonson ijro etadi. Jonson kartina prodyuseri ham hisoblanadi. Usik filmda bosh qahramonning asosiy raqiblaridan biri Igor Vovchanchinning rolini ijro etib beradi.
Ushbu filmda yana bir taniqli MMA jangchisi, ikki karra Bellator chempioni Rayan Beyderga ham rol tegdi. U bosh qahramonning do‘sti Mark Kolmanning obrazida ko‘rinish beradi.
Ma’lumot uchun, Mark Kerr 1997 yilning yanvarida MMA'da debyut qilgan. U ketma-ket uchta turnirda — WVC 3, UFC 14 va UFC 15'da g‘alaba qozongan. 1998 yilda esa PRIDE promoushenida o‘z janglarini o‘tkaza boshlagan. Kerr 6 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Aynan Vovchanchinga qarshi jangi o‘tkazilmagan deb topilgandi.
Amerikalik 55 yoshli jangchi faoliyatini 2009 yilda yakunlagan. O‘shanda u qatorasiga beshta jangda muddatidan oldin mag‘lubiyatlarni qabul qilib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Usik ochkolar evaziga Fyurini mag‘lub etib, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi