11:40 / 01.07.2024
136

Jizzaxda o‘tgan II Xalqaro maqom san’ati festivalining eng yaxshilari taqdirlandi

Jizzaxda o‘tgan II Xalqaro maqom san’ati festivalining eng yaxshilari taqdirlandi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida to‘rt kun davomida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi. Va nihoyat bugun anjuman ishtirokchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Ya’ni jahonning 16 ta davlatlaridan (Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Xitoy, Marokash, Turkmaniston, Iordaniya, Yaponiya, Tojikiston, Eron, Tunis, Hindiston, Misr, Indoneziya, Turkiya, Qatar, O‘zbekiston) 95 nafar maqom ijrochilarining eng saralari tanlov g‘olibi bo‘ldilar.

Xalqaro tanlov ishtirokchilarini Tojikiston, Ozarbayjon, Misr, AQSH, Hindiston,Turkiya va O‘zbekistondan bo‘lgan hay’at a’zolari uchta nominatsiya – «Eng yaxshi maqom ansambli», «Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi», «Eng yaxshi yakkaxon xonanda» yo‘nalishlari bo‘yicha baholadilar.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

«Gran-pri» – 15 000 AQSH dollari – Eron «Fors» ansambli solisti Ali Asg‘ar Arabshohiy

1-o‘rin:

– yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 10 000 AQSH dollari, Tojikiston milliy konservatoriya guruhi solisti Xurshid Ibrohimzoda.
– ansambl jamoasi uchun – 10 000 AQSH dollari, O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli

2-o‘rin – quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
– yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 7 000 AQSH dollari, Turkiya Chidem Gurdal
– ansambl jamoasi uchun – 7 000 AQSH dollari, O‘zbekiston maqom markazi, Jizzax viloyati hududiy bo‘limi maqom ansambli.

3-o‘rin – quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
– ansambl jamoasi uchun – 5 000 AQSH dollari, Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon badiiy teatri, maqom badiiy truppasi
– yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 5 000 AQSH dollari Hindiston, Ali Amjad Xon

Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan «Eng yaxshi maqom xonandasi», «Eng yaxshi maqom sozandasi», «Eng yaxshi maqom ustozi», «Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi», «Eng yaxshi yosh maqomchi», «Eng yaxshi maqom bastakori» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining rag‘batlantiruvchi sovg‘a va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi.

Shu bilan birga anjumanning har bir ishtirokchisiga «Xalqaro maqom san’ati anjumani ishtirokchisi» sertifikati taqdim etildi.

Har bir g‘olibni e’lon qilishdan va qutlashdan oldin turli mamlakatlardan kelgan sohir ovoz sohiblari tomonidan eng sara maqom asarlari ijro etildi. Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiyadan kelgan maqomchilar hamda «O‘shal damlar», «Sab’ai Sayyor», «Dilbarim», «Qashqarchai ushshoq», «Lazgi», «Dunyo maqomi» kabi madaniy merosimizdan o‘rin olgan qo‘shiqlar yana bir bor bugungi anjumanning fayziga fayz qo‘shdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jizzaxda o‘tgan II Xalqaro maqom san’ati festivalining eng yaxshilari taqdirlandi