7 991
Toshkentdagi restoranlardan birida ishlovchi mavrikiyalik yigit “Golos” loyihasida hakamlarni lol qoldirdi (Video)
Rossiyaning ORT telekanalidagi “Golos” loyihasida asli mavrikiyalik bo‘lgan, ayni paytda Toshkentdagi restoranlardan birida ishlovchi Xensli Poynen ishtirok etdi. Uning ijrosidagi “Wake me up” qo‘shig‘i Grigoriy Leps, Dima Bilan, Polina Gagarina va Leonid Agutindan iborat hakamlar hay’atini lol qoldirdi.
Xensli qo‘shiqni boshlashi bilan Polina Gagarina uni tanlashini ma’lum qilib, u tomonga o‘girildi. Birozdan so‘ng Leonid Agutin ham Xensliga ustozlik qilish istagini bildirdi. Xenslining ajoyib ijrosi ularning barchasiga manzur bo‘lgan edi.
Qo‘shiqni ijro etib bo‘lgach, Xensli asli mavrikiyalik ekanligini, ayni damda Toshkent shahridagi restoranlardan birida qo‘shiq kuylashini aytdi. Leonid Agutin “Toshkent bu shahar nomimi yoki restoran?” deb savol berdi. Bunga javoban Xensli Toshkent O‘zbekiston poytaxti ekanligini aytdi. Leonid Agutinning bu savoli biroz mantiqsiz eshitildi. Sababi, mazkur loyihada bundan avval ham bir necha marta toshkentlik xonandalar ishtirok etgan.
Polina Gagarina Xenslining yoniga borib, uni tanlashini so‘radi. Tabiiyki, Xensli Polinaning iltimosini erda qoldirmadi.
Xensli ijrosidagi qo‘shiqni quyida tinglab, tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)