Shahzoda Muhammedova flippinlik enagasining tajribasini yuqori baholadi

Dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida filippinlik enagasi haqida iliq fikrlar bildirib, muxlislar e’tiborini tortdi. San’atkor uning ishiga bo‘lgan mas’uliyati va tartibliligini alohida ta’kidladi.
Shahzoda Muhammedovaning yozishicha, enagasi MY5 telekanalida namoyish etilayotgan @chefbook_uzb loyihasida ham ishtirok etmoqda. Aktrisa loyiha menejeri uni taklif qilganida juda xursand bo‘lganini aytgan.
Ma’lum bo‘lishicha, filippinlik enaga avval Singapurdagi restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u Britaniya, Italiya, Avstriya va Xitoy oilalarida faoliyat yuritgan tajribali mutaxassis hisoblanadi.
Shahzoda Muhammedova uning enagalik sohasida yuqori malakaga ega ekanini ta’kidlab, har bir ishni aniq reja asosida bajarishini yozgan. “Har bir soat va kun jadval asosida. Uy tozalash bosqichlari ham tartib bilan amalga oshiriladi”, — deya izoh qoldirgan aktrisa.
San’atkor, shuningdek, hayotida bunchalik mas’uliyatli va tezkor xodimni uchratmaganini bildirib, bunday professional inson bilan ishlayotganidan xursand ekanini aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!