21:42 / 11.03.2015
7 113

50 cent’ning ikki yoshli o‘g‘li bilan 700 ming dollarlik reklama shartnomasi imzolandi

50 cent’ning ikki yoshli o‘g‘li bilan 700 ming dollarlik reklama shartnomasi imzolandi

Mashhur reper 50 cent’ning 2 yoshli o‘g‘li Sayr bilan Kidz Safe kompaniyasi quloqchinlar reklamasida ishtirok etish bo‘yicha 700 ming dollar miqdoridagi shartnoma imzolagan. Bu haqda ota reperga asoslanib, E! Online xabar bermoqda.

Reperning ma’lum qilishicha, Sayrning reklamadagi chiqishi uchun aytilgan gonarar to‘langan.

“O‘g‘lim juda yoqimtoy bolakay. Uning tabassumi uchun qancha to‘lansa ham arziydi”, – deb radioga intervyu beradi 50 cent.

Uning aytishicha Sayrning kelajakda foydalanishi uchun bu pullar bankka omonat sifatida qo‘yiladi. Sayr 18 yoshga to‘lganida bu pullarni va dividendlarni olishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, asli ismi Kertis Jekson bo‘lgan amerikalik reper o‘z rafiqasi Dafni Joy bilan birga yashamaydi, ammo o‘g‘li bilan uchrashib turishi uchun ko‘p vaqt ajratadi. U o‘zi uchun farzandi barcha ishlaridan muhim turishini ta’kidlagan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 50 cent’ning ikki yoshli o‘g‘li bilan 700 ming dollarlik reklama shartnomasi imzolandi