
«Dyuna: Ikkinchi qism» (poster)
The Hollywood Reporter nashri 2024 yilning eng yaxshi filmlari reytingi (top-10)ni tuzdi.
Rejissyor Deni Vilnyovning «Dyuna: Ikkinchi qism» ilmiy-fantastik filmi oʻtgan yilning eng yaxshi filmi deb topildi.
Ikkinchi oʻrinni Brodvey myuziklining kinotalqini — «Yovuz: Gʻarb jodugarining ertagi» (Sintiya Erivo va Ariana Grande bosh rollarda), uchinchi oʻrinni «Begona: Romul» ilmiy-fantastik jangari filmi band etdi.
Top-10 ga shuningdek «Yovvoyi robot» (animatsion film), «Uzun oyoqlar» (qoʻrqinchli film), «Olishuv» (jangari film, rej: Nikhil Nagesh Bxat, Hindiston), «Iblis bilan yarim tun» (horror), «Transformerlar: Ibtido» (multfilm), «Substantsiya» (bosh rolda — Demi Mur) hamda «Kaskadyorlar» komediya janridagi jangari filmi kiritildi.
Dyuna: Ikkinchi qism 2024 yil Eng yaxshi filmlari Yovuz: Gʻarb jodugarining ertagi Begona: Romul Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar