Enn Xeteuey 14 yildan so‘ng yana pixie soch turmagida! Aktrisaning yangi qiyofasi muhokamada

Enn Xeteuey 14 yildan so‘ng yana pixie soch turmagida! Aktrisaning yangi qiyofasi muhokamada

Enn Xeteueyning yangi qiyofasi muxlislarni hayratda qoldirdi. Aktrisa 14 yil avvalgi mashhur qisqa soch turmagiga qaytib, “Vogue China” jurnalining sentyabr soni uchun o‘tkazilgan fotosessiyada butunlay boshqacha obrazda namoyon bo‘ldi.

Enn Xeteuey 2012 yilda “Badbaxtlar” filmi uchun sochlarini juda qisqa qilib kestirgandi. O‘sha paytdagi pixie uslubi aktrisaning eng esda qolarli obrazlaridan biriga aylangan.

Oradan 14 yil o‘tib, muxlislar uni yana xuddi shunday qisqa soch turmagida ko‘rishdi. Aktrisaning yangi qiyofasi ijtimoiy tarmoqlarda tezda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Biroq Enn Xeteuey bu safar sochlarini qaytadan kalta qildirmagan. Fotosessiya uchun unga maxsus pixie kat parik tayyorlangan.

Shu sababli aktrisa qisqa sochli yangi qiyofada ko‘rinish bergan bo‘lsa-da, kundalik hayotida soch turmagini o‘zgartirmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar