Foto: Reddit
Animator Bak Vudoll Disney’ni plagiatda ayblab kompaniyani sudga berdi. Uning soʻzlariga koʻra, 2016 yilda Walt Disney Animation Studios tomonidan chiqarilgan “Moana” va 2024 yilgi “Moana 2” filmlarida Vudollga tegishli “Baki” multfilmi bilan oʻxshash koʻplab elementlar mavjud.
Mazkur multfilmlar syujeti va undagi turli detallar haqiqatan ham oʻxshash: ikkala filmda hikoyalar qadimgi Polineziya qishlogʻida sodir boʻladi. Ularda xavfli sarguzashtlarni boshdan kechiradigan oʻsmirlar haqida ma'lumot beriladi. Ikkala asarda ham qahramonlar hayvon koʻrinishidagi ruhlarni uchratishadi.
Shuningdek, ramziy tumor bilan bogʻliq epizod, bosh qahramonning tatuirovkali yarim ma'bud bilan uchrashuvi, togʻning ichida yashiringan ulkan jonzot kabi detallar ham “Baki” va “Moana” multfilmlarida birdek mavjud.
Foto: The Girl
Vudollning soʻzlariga koʻra, oʻzining “Baki” animatsion filmi stsenariysini 2000 yilda Mandeville Films'ning sobiq ishchisi, hozirda DreamWorks Animation kompaniyasining ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Jenni Marchikka koʻrsatgan. U Vudolldan film bilan bogʻliq materiallarni, jumladan, personajlar dizayni, hikoyalar syujeti haqida soʻragan va goʻyoki loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ma'lumotlar kerakligiga ishontirgan. Oʻsha paytda Mandeville kompaniyasi Disney bilan hamkorlik oʻrnatgan edi.
Ahamiyatli jihati shundaki, avvalroq Bak Vudoll bu haqda sudga arz ham qilgan, ammo “Moana” filmi ekranlarga chiqqaniga ancha vaqt boʻlganidan keyin bu ishni amalga oshirgani unga pand bergan.
Vudoll Disneydan 10 milliard dollar tovon puli undirishga umid qilmoqda, deb yozadi The Hollywood Reporter. Qayd etish lozimki, “Oskar” mukofotiga nomzod boʻlgan “Moana” 643 million dollar daromadga chiqqan, uning ikkinchi qismi esa deyarli 1 milliard dollar ishlab topgan.
Avvalroq “Moana” animatsion filmining ikkinchi qismi jahon kassalarida 221 million dollar yigʻib, Disneyning soʻnggi besh yil ichida eng yuqori daromad keltirgan animatsion loyihasiga aylangan edi. Multfilm kassa yigʻimlari boʻyicha etakchi boʻlgan 2019 yilgi “Muzyurak 2”ni ortda qoldirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Kreml sehrgari»: britaniyalik aktyor Jud Lou Vladimir Putinning yoshligini oʻynaydi
Nega Alla Pugachyova yolgʻiz qoldi? Sababi ma'lum boʻldi
Choʻlponning oʻris xotini yoxud «Yuraklar boshqa, tilaklar boshqa...»
Miyani charxlashga yordam beradigan 6 ta detektiv film (treyler)
Qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta'sir oʻtkazmoqda?
“Kalmar oʻyini”ning ekshn sahnalaridan birida operator koʻrinib qoldi (video)