«Hayvonlar shahri»ning uchinchi qismi ham ishlab chiqariladi

Dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning mehrini qozongan «Zootopia» animatsion franshizasi davom etadi. Disney kompaniyasi multfilmning uchinchi qismi ustida ish boshlanishini rasman ma’lum qildi.
Yangi loyiha «Zootopia 2»ning katta muvaffaqiyatidan so‘ng ishlab chiqarishga kirishilgan. Navbatdagi qismda tomoshabinlar sevimli qahramonlar — jasur politsiya xodimi Judi Xopps va ayyor, ammo mehribon Nik Uayldning yana bir qiziqarli sarguzashtlariga guvoh bo‘lishi kutilmoqda.
Hozircha Disney yangi multfilmning syujeti va ekranlarga chiqish sanasini ochiqlamagan. Biroq kompaniya taqdimoti vaqtida «Zootopia» olami yangi qushlar dunyosi bilan kengayishi mumkinligiga ishora qilindi.

Bu esa yangi qismda tomoshabinlarni mutlaqo yangi qahramonlar va voqealar kutishi mumkinligini anglatadi.
«Zootopia 2» esa franshiza tarixidagi eng katta muvaffaqiyatlardan biriga aylangan. Multfilm jahon prokatida qariyb 1,9 milliard dollar daromad keltirib, animatsion filmlar orasida yuqori natijalarni qayd etgan.






























Izohlar 0
…