13:57 / 20.01.2025
486

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi to‘ylarda qanchaga xizmat qiladi?

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Toshkentdagi to‘ylarda qanchaga xizmat qiladi?
Foto: Instagram
Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev “Sayyod” YouTube kanaliga bergan intervyusida to‘ylardagi “birrov” xizmati narxi nimaga asoslanib belgilanishi haqida so‘zlab berdi.

— Toshkentdagi to‘ylarda xizmat qilishimiz narxi 5 ming dollar etib belgilangan. Hozir sizga hammasini noldan isboti bilan aytib beraman. Bitta “Yetmasmidi?”, degan qo‘shig‘im bor. Shuning aranjirovkasini turklar qilib bergan. Bu qo‘shiq juda katta pulga tushgan. Qo‘shiqning o‘ziga juda ko‘p pul ketgan. Klipiga Yigitali Mamajonov va Aysanem Yusupova tushib bergan. Ular ham bepul ishlamaydi. 11 ta sozandam bor, o‘zim bilan 12 kishimiz. 5 ming dollarning ichida shuncha odamning rizqi bor. Keyin men jonli aytaman, Toshkentdagi to‘ylarda jonli kuylaydigan san’atkorlar barmoq bilan sanarli darajada kam.

Lekin bir narsani aytib o‘tishim kerak. Biz hammaga bunaqa narx qo‘ymaymiz. Odamlar telefon qiladida “Anuvni anaqasimisan?”, deydi yordamchimga. Kimni anaqasi? Kimni nimasi? Hech bo‘lmasa “Anuvni administratorimisan yoki Jaloliddinning anaqasimisan?”, desa ham sal tushunsa bo‘ladi. Bunaqa muomala qilgan odamga administrator ham “Ha, o‘shani anaqasiman”, deb javob beradi va 5 yoki 6 ming dollar narx aytadi. Endi narxni o‘zining muomalasiga yarasha aytadi. Lekin o‘zi aslida xizmat haqimiz 5 ming dollar emas. Masalan, Toshkentda bir kunda 2-3 ta to‘y bo‘lib qolsa, juda arzon narxga kirib ketamiz.

Jaloliddin Ahmadaliyev nima sababdan Toshkentga ko‘chib kelib, shu yerda ijod qilmasligi haqida gapirdi.

— Toshkentda uyim yo‘q. Toshkentga ko‘chib kelish niyatim ham yo‘q, chunki men ota-onamni tashlab keta olmayman. Ota-onam esa Toshkentda yashagisi kelmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat