Jaloliddin Ahmadaliyev sahnadagi kiyimi haqida ochiq gapirdi (video)

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konsert davomida o'zining sahnadagi kiyinish uslubi haqidagi fikrini bildirdi. U sahna madaniyatiga amal qilmagan degan gaplarni rad etdi va o‘ziga qulay bo‘lgan kiyimni tanlaganini ta’kidladi.
“‘Sahna madaniyatiga amal qilmagan’ demanglar. Men o‘zimga qulay bo‘lgan kiyimni kiydim. Kimga nima qulay bo‘lsa, shuni kiyishi kerak deb o‘ylayman. Hozir shu oddiy kiyimda chiqqanimning ‘jabrini’ ham ko‘rdim — kirishda xavfsizlik xodimlari meni ichkariga kirgizishmadi,” dedi u.
Xonandaning aytishicha, qo‘riqlash xodimlari tartib-qoidaga amal qilgan holda mehmonlar ro‘yxatini tekshirgan va shu sababli biroz noqulay vaziyat yuzaga kelgan. “Familyangiz ro‘yxatda bormi, deb so‘rashdi. Men ham hazil aralash ‘ha bor, Ahmadaliyevni qidiring’ dedim,” deya qo‘shimcha qildi u.
Jaloliddin Ahmadaliyevning fikricha, san’atkor faqat yorqin, bezakli kiyimda emas, oddiy libosda ham san’atkor hisoblanadi. “Asosiysi — qulaylik. San’atkorlik kiyim bilan emas,” dedi u.
Uning bu so‘zlari zalda yig‘ilgan muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.