Foto: Deadline
Rejissyor Jeyms Kemeron Empire jurnaliga “Avatar” filmining uchinchi qismini yaratish jarayoni haqida intervyu berdi. Uning soʻzlariga koʻra, ikkinchi sarlavhasi “Olov va kul” deb ataladigan film kutilmagan syujet va rang-barang voqealarga boy boʻladi.
Rejissyor franshiza barcha uchun qiziqarli boʻlishi uchun xavfli, ammo jiddiy oʻzgartirishlar kiritishga qaror qilish muhim ekanligini ta'kidladi. “Avatar”ning birinchi va ikkinchi qismida tomoshabinlar Pandoraning ajoyib dunyosi va uning turfa madaniyati bilan tanishgan boʻlsa, uchinchi qismda ushbu olamning yanada murakkab qirralari yoritiladi hamda syujetga chuqurroq kirib boriladi.
Jeyms Kemeron tomoshabinlarning filmdan katta ishlar kutishini bilgan holda ularning ishonchini oqlashni istashini, ammo filmga yangilik kiritish masalasi oʻziga xos murakkab ekanligini tan oldi:
“Agar siz yirik oʻzgarishlarga olib boradigan qarorni qabul qilishdan qoʻrqsangiz, vaqtingizni va pulingizni behuda sarflaysiz, ammo, hatto bu ham etarli emas — har safar an'anaviy yondashuvdan qochish va shablonlarni buzish kerak boʻladi”, deydi rejissyor.
Foto: Empire
“Avatar: Olov va kul” filmi joriy yil 19 dekabrda ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar