Goʻzallik tushunchasi sub'ektiv boʻlsa-da, koreyslar ob'ektiv goʻzallik genomini topgandek yoki ularning plastik jarrohlari oʻz ishini yaxshi bajaradi.
10. Xan Xyo Ju
Maktabda aktrisani xushchaqchaqligi uchun “Koʻk qush” deb atashgan. Voyaga etganida esa u eng yaxshi ayol roli uchun “Moviy ajdaho” mukofotini qoʻlga kiritadi. Aftidan, moviy rang uning omad rangidir.
Shu bilan birga, aktrisaning oʻzi oʻzini introvert hisoblaydi — u oʻzining kichik dunyosida hayotdan zavqlanishni afzal koʻradi.
9. Sin Se Gyon
Bolaligidan aktrisa qoʻshiqchi boʻlishni orzu qilganhat, to idol guruhida mashq qilgan. Aslida uning karerasi 1998 yilda, 8 yoshida So Tayjining “Take Five” albomining muqovasi uchun model boʻlganida boshlangan. Uzoq vaqt davomida aktrisa oʻzini goʻzal deb hisoblamagan. Umuman olganda, u ommaviylikni unchalik yoqtirmaydi va shovqin-suronli ziyofatlardan koʻra, vaqtini uyda oʻtkazishni va biror narsa tayyorlashni afzal koʻradi. Uning orzularidan biri — oʻz qahvaxonasini ochish.
8. Kim Jisu
Jisu BlackPink guruhining vokalisti. Aktrisa sifatida u 2021 yilda “Qorbobo” dramasida debyut qilgan. Uning “Erkaklar yuragini parchalovchi Jisu” degan laqabi bor. Xonandaning fe'l-atvorini oldindan aytib boʻlmaydi, lekin shu bilan birga u juda iste'dodli qiz: yapon va ingliz tillarida bemalol gapiradi, an'anaviy koreys nogʻoralarini chaladi. Sayohat qilishni orzu qiladi.
7. Ayyu
Uni “K-pop toʻlqinining ma'budasi” deb atashadi. 2010 yildan boshlab esa “Millat singlisi” deb atashadi — bu qoʻshiqchi va boshqa san'atkorlar uchun faxriy unvon boʻlib, ularning tashqi koʻrinishi, xarizmasi va xatti-harakatlari ma'sumlik, mehribonlik va yoqimlilik bilan bogʻliq. Yoshligida Ayyu oʻzini xunuk deb hisoblagan, hatto plastik operatsiya qilishni xohlagan.
2019 yilda Forbes ma'lumotlariga koʻra Janubiy Koreyaning eng nufuzli mashhurlari roʻyxatida 4-oʻrinni egalladi. Oʻsha yili Forbes uni turli xayrli ishlarga 800 ming dollar xayriya qilgani uchun “Ezgulik qahramoni” deb atagan. Ayyu oʻzi va boshqa san'atkorlar uchun 50 dan ortiq qoʻshiq yozgan. Oʻz musiqa maktabini ochishni orzu qiladi.
6. Kim Yu Jon
Yu Jon 2017 yilda Forbes jurnalining “Koreyaning eng nufuzli mashhurlari” roʻyxatida 8-oʻrinni egallab, ushbu roʻyxatdagi eng yoshi (17 yosh) boʻldi.
Shuningdek, u ham “Millat singlisi” unvoniga ega boʻlgan. Tarixiy rollari uchun Janubiy Koreyadagi tarixiy dramalar ramziga aylandi. Koreyadagi koʻplab qizlar aktrisani taqlid qilish uchun namuna sifatida qabul qilishadi.
5. Xon So Xi
So Xi 20 yoshida hech vaqosiz Seulga koʻchib oʻtib, kun kechirish uchun mayxonada ishlaydi. Shu bilan birga, u doimo aktrisa boʻlishni orzu qilgan.
Uning debyuti 2016 yilda “Tell Me What To Do” klipida boʻlgan. 2020 yilda “Juftlik dunyosil dramasida suratga tushganidan keyin mashhur boʻladi. Ilgari u tashqi koʻrinishiga ishonchsizlik bilan qaragan va plastik jarrohlikka murojaat qilgan.
Gollivudda superqahramon rolini oʻynashni orzu qiladi. Boʻlajak turmush oʻrtogʻni aktyor emas, balki boshqa sohada boʻlishini xohlaydi. U mashhur Ryu Jun Yol bilan uchrashib yurgan, ammo munosabatlari haqida ommaga e'lon qilinganidan 2 hafta oʻtgach, ajralishgan.
4. Son Xe Gyo
U 1996 yilda SunKyung Smart Model Contest tanlovida gʻolib chiqqanida keyingaina shou-biznesga kirib kelgan. 2016 yilgi “Quyosh avlodlari” dramasi bilan tanilgan, bu dramada Son Jun Ki ham rol oʻynagan. 2017 yilda aktrisa unga turmushga chiqadi, ammo 2019 yilda ular ajrashishadi.
Aktrisa intervyu berishni yoqtirmaydi. Sayohat qilishni va rasmlarini tarmoqda baham koʻrishni yaxshi koʻradi. Uni goʻzalligi uchun baholashlarini, ayniqsa, “goʻzallik ma'budasi” deb atashlarini jini suymaydi. Omma e'tiboridan uzoqda tinch va osoyishta hayotni orzu qiladi.
3. Chxe Su Bin
Su Binning taqdirini oʻquvchiligidayoq koʻchada oʻtib ketayotgan kasting direktori hal qilgan, deyish mumkin. Kasting direktori uning salohiyatini koʻrib, o;zini kastinglarda sinab koʻrishni taklif qiladi — bu uning hayotida burilish nuqtasiga aylanadi. U bolaligida juda uyatchan boʻlgan. Aktrisa baxt hayotning asosiy maqsadi emas, balki ruhiy holat ekanligiga ishonadi.
2. Pe Syuzi
2012 yilda “Arxitekturaga kirish” filmidagi roldan soʻng aktrisa “Millatning ilk muhabbati” unvoniga sazovor boʻladi. Koreyslar uni Janubiy Koreyadagi eng goʻzal aktrisalardan biri deb bilishadi, shuningdek, eng talabgir reklama modellaridan biri hisoblanadi. Kinoda yovuz ayol rolini oʻynashni, hayotda esa katta, ahil oila va farzandlarni orzu qiladi.
1. Go Yun Chon
Yun Chon eng istiqbolli koreys aktrisalaridan biri hisoblanadi. U 2019 yilda “Psixometrik” dramasida debyut qilgan. Katta mashhurlik va umidlarga qaramay, aktrisa real hayotda kamtar va tortinchoq. Ammo rollarni tanlashda juda sinchkov, uni ommabop loyihalar qiziqtirmaydi, unga yaxshi yozilgan stsenariy muhim. Bu uning perfeksionizmining koʻrinishi boʻlib, u maydonchada ham namoyon boʻladi. Yun Chon oʻziga juda talabchan — ijtimoiy tarmoq yuritmaydi. Boʻsh vaqtini koʻrgazmalarda yoki kino tomosha qilish bilan oʻtkazishni afzal koʻradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar