08:30 / 18.02.2025
185 611

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan tushgan suratlarni eʼlon qildi

Sitora Farmonova turmush oʻrtogʻi bilan tushgan suratlarni eʼlon qildi
Aktrisa Sitora Farmonova ayni vaqtda turmush o‘rtog‘i bilan chet elda dam olmoqda va oilaviy suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqda.

San’atkor bir necha vaqtdan beri O‘zbekiston tashqarisida yashab kelmoqda. U avvalroq turmush o‘rtog‘i Dubayda istiqomat qilishini aytgan edi.

Hozirda juftlik issiq o‘lkalardan birida dam olyapti. Farmonova bu dam olish jarayonidan turli suratlarni muntazam e’lon qilib bormoqda.

Jumladan, 16-fevral kuni u joylagan storylardan birida xonandalar Shohruhxon va Dilnoz ijrosidagi “Nima bo‘pti” taronasi ilova qilingan.

Rasmda qo‘shiqning “Kim nima deyishi muhimmas, biz birga bo‘lsak bas” degan satri yangraydi. Ushbu qo‘shiq boshqa storylarda ham ishlatilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat