Ayni kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Xonandaning konsertini tomosha qilish va uni qutlash maqsadida ko‘plab muxlislari qatori shou-biznesning taniqli vakillari ham tashrif buyurmoqda. “Nihol” mukofoti sovrindori Doston Ubaydullaev ham hamkasbining konsertiga tashrif buyurib, Rahmatullaevning onasiga gul taqdim etdi.
Ayni holat tasvirlangan suratni Ubaydullaev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirarkan, marhum onasini xotirladi, o‘z konsertida onasiga gul taqdim etish nasib etmaganini aytdi.
“Onam olamdan o‘tib ketganlariga qariyb 23 yil bo‘ldi. Yaratgan rahmatiga olgan bo‘lsin. O‘zim konsert berganimda, onam yonimda bo‘lsalar, gul bersam, degan armonim bor edi. Bugun do‘stim Ulug‘bek Rahmatullaev menga bu imkoniyatni berdi. Do‘stimning onasiga gul berdim va bu orzum ushaldi. Do‘stimning onasi mening ham onam emasmi...”, deb yozadi Doston Ubaydullaev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi