14:24 / 02.12.2016
15 284

«Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi

«Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi

Telegram messenjerida «Ummon» guruhi a’zosi Zohid Rixsiev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.

Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiev 30 noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.

Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad «Ummon» guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.

E’tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan (bu YTH haqida avvalroq xabar berilgan edi).

«Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog‘-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas», — dedi «Ummon» guruhi ma’muri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi