
Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Gunay Efendiyeva Toshkentda “O‘zbekiston madaniyat elchisi” unvoni va medali bilan taqdirlandi, deb Nova24 xabar berdi.
Faxriy mukofotni O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov shaxsan topshirdi. Uning ta’kidlashicha, davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq, mamlakatda milliy madaniyatni rivojlantirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Ozodbek Nazarbekov Gunay Efendiyevaning O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini xalqaro maydonda targ‘ib qilishdagi hissasini alohida ta’kidladi.
O‘z navbatida, deputat ko‘rsatilgan e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash har doim uning uchun muhim vazifa bo‘lib kelganini ta’kidladi.
Gunay Efendiyeva kelgusida ham ikki do‘stona davlat o‘rtasidagi madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. Uchrashuv davomida tomonlar madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi hamda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan bayram tadbirlariga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar