Bred Pitt: “Jen munosib insonni topganidan xursandman”

Bred Pitt: “Jen munosib insonni topganidan xursandman”
Bred Pitt: “Jen munosib insonni topganidan xursandman”

Gollivud yulduzlari Bred Pitt va Jennifer Eniston 2005 yili ajrashgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi ehtirom va his-tuyg‘ular hali ham to‘liq so‘nmagan ko‘rinadi. Peopletalk nashri yozishicha, Pitt Jenniferning yangi munosabatlariga befarq emas.

61 yoshli Bred Pittning so‘zlariga ko‘ra, u sobiq rafiqasining hayotida yangi muhabbat paydo bo‘lganidan xursand:

“Jen munosib insonni topganidan xursandman. U o‘zini tushunadigan va qadrlaydigan inson bilan birga ekan. Unga faqat baxt tilayman”, – deydi manba.

Ma’lumot uchun:

  • Pitt va Eniston 1998 yili agentlari orqali tanishgan va 2000 yili nikohdan o‘tgan.

  • 2005 yilda Bredning Andjelina Joli bilan munosabatlari tufayli juftlik ajrashgan.

Yaqinda J.Eniston motivatsion murabbiy (layf-kouch) Jim Kertis bilan ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular tanishlari orqali tanishib, ko‘p vaqtni birga o‘tkazmoqdalar.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar