
Qo‘shiqchi Madonna Billboard jurnali talqini bo‘yicha «Yil ayoli» mukofotini qo‘lga kiritdi, deb yozadi «Daryo».
Billboard Women in Music marosimi 9 dekabr, juma kuni kechqurun Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi.
58 yoshli qo‘shiqchi mukofotni olar ekan, o‘z muxlislariga minnatdorlik bildirdi va aynan ular tufayli 30 yildan ortiq sahnada ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Madonna (haqiqiy ismi Madonna Luiza Chikkone) shuningdek, inson huquqlari, ayniqsa ayollar huquqini quvvatlash va himoya qilishni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida musiqaga qo‘shgan hissasi uchun kanadalik kantri qo‘shiqchi Shanayya Tveyn, uning vatandoshi Alessiya Kara, amerikalik qo‘shiqchi Megan Treynor ham mukofotlarni qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar