
Disney va Pixar 2027 yilda “Тачки: Молниеносные гонки” nomli yangi multserialni namoyishga chiqarishni rejalashtirmoqda. Loyiha mashhur franshizaning sevimli qahramonlarini yana ekranga olib chiqish bilan birga, yangi, qiziqarli personajlarni ham tanishtiradi, deb yozmoqda Peopletalk.
Syujet markazida Molniya MakKuin va uning sodiq do‘sti Mater bo‘ladi. Ularga ikki yangi qahramon qo‘shiladi: tezlikka oshno dreg-kar Payps va loy maydonlarini yoqtiradigan monstr-gruzovik Maylz. Multserial hamisha do‘stlik va qiziqarli sayohatlarga asoslangan, o‘ziga xos o‘yinchoqona muhitni saqlab qoladi.
Ta’kidlanishicha, dreg-reysing, monstr-trak musobaqalari va Radiator-Springsning o‘ziga xos jozibasi tufayli bu serial so‘nggi yillardagi eng yirik Disney Jr. animatsion loyihalaridan biri bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!