
Lisenziyasi olib qo‘yilganidan so‘ng telekanallarda kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti, xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi.
«Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimning sababi ― ish emas. Bu erda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo‘shiqlar esa chalg‘ishning bir usuli edi. Turmush o‘rtog‘im bilan 2011 yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo‘lsak-da, do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo‘lib turishini tushuntirganmiz», ― deydi xonanda.
Lola, shuningdek, kelajakda turmush o‘rtog‘i, ko‘p farzandlari, umuman olganda, katta oilasi bo‘lishini orzu qilishini ham aytib o‘tgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar