date

Timati uchinchi marta otalik baxtini his qildi

Timati uchinchi marta otalik baxtini his qildi

Rossiyaning mashhur rep ijrochisi Timati yana bir bor otalik sharafiga muyassar bo‘ldi. Uning umr yo‘ldoshi Valentina Ivanova 2 avgust kuni qizaloq dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa Emma deb ism qo‘yildi.

Repper ijtimoiy tarmoqda shod-xurram yangilikni muxlislari bilan baham ko‘rib, “02.08.2025 – Yunusova Emma Timurovna” deb yozib qoldirdi.

Timatining onasi Simona Yunusova ham oila a’zolarini qutlab, quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Oilamiz yana kengaydi. Alis va Ratmirning singlisi tug‘ildi, men esa uchinchi bor buvi bo‘ldim. Bu yodda qolarli his-tuyg‘ular uchun yana bir bor minnatdorman!"

Qiziq tomoni shundaki, Timati qizaloq bilan ilk uchrashuviga odatdagidan farqli ravishda keldi — u masxarabozlik ruhida Grinch qiyofasida va qo‘lida Birkin sumkasi bilan yangi tug‘ilgan qizini ko‘rishga keldi.

Ma’lumot o‘rnida, Timati va Valentina 2021 yildan beri munosabatda. 2022 yil bahorida ular birinchi marta jamoatchilik oldida birga namoyon bo‘lgan edi. Shundan so‘ng juftlik o‘z munosabatlarini oshkora davom ettirib, ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi suratlarini muntazam e’lon qilib kelmoqda.

Jurnalistlar orasida juftlik farzand kutmoqda, degan mish-mishlar 2025 yil mart oyi oxirida paydo bo‘lgan. May oyiga kelib, Timati va Valentina bu xabarni rasman tasdiqladi.


Manba: Peopletalk

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Timati uchinchi marta otalik baxtini his qildi