Makoley Kalkin "Uyda yolg‘iz" filmlar seryasining qaysi qismi o‘ziga yoqqanini aniqlagan. «Hot Ones» shouda ishtirok etgan aktyor birinchi qismiga qaraganda, «Uyda yolg‘iz 2» filmini afzal ko‘rishini ta’kidladi.
Kalkinning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi film uchun unga ko‘proq haq to‘langan. Uning aytishicha, “Menga filmning umumiy sof sotuvining 5 foizi va barcha tovarlardan olinadigan 15 foiz beriladi. Agar siz Talkboy (filmda Kevin Makkalister kassetali diktofonni ishlatgan) sotib olsangiz, uning 15 foizi menga keladi”, — deb hazillashdi Kalkin.
"Uyda yolg‘iz"ning birinchi qismi 1990 yilda, ikkinchisi esa 1992 yilda premera qilingan. Kalkin birinchi film uchun 110 ming dollar, ikkinchisi uchun esa 4,5 million dollar gonorar olgan.
Avvalroq, Makoley Kalkin otasi bilan o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida gaplashmaganini tan oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan, bu esa ularning munosabatlarining uzilishiga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Makoley Kalkin «Uyda yolg‘iz» filmiga tasvirlangan uyni sotib olishni istagani haqida ham xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!