Garri Potter rejissyori HBO remeykini keskin tanqid qildi

1 daqiqa o'qish450
Garri Potter rejissyori HBO remeykini keskin tanqid qildi

“Garri Potter” haqidagi ilk ikki film muallifi Kris Kolambus HBO tomonidan suratga olinayotgan yangi serial haqida o‘z fikrini bildirib, uni tanqid ostiga oldi. The Hollywood Reporter’ning yozishicha, rejissyor loyihaning asl filmlar takrori bo‘lishi mumkinligidan norozilik bildirgan.

Dastlab Kris Kolambus remeyk g‘oyasini ijobiy qarshi olgan, uningcha, serial sehr-jodu olamini yanada kengroq ochib berishi mumkin edi. Ammo rejissyor yangi Rubeus Hagrid obrazi uchun olingan suratlarni ko‘rgach, fikri keskin o‘zgargan. U suratlarda Hagrid uchun ilgari yaratilgan eski liboslardan foydalanilganini ko‘rib, buni “deja vu” holatiga qiyoslab, bunday yondashuvdan foyda yo‘qligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Kolambus yangi Hagrid qiyofasini Nik Frost ijro etayotganidan mamnunligini yashirmadi. Biroq u, bir tomondan, yangi serialni tomosha qilishga qiziqayotganini aytsa-da, ikkinchi tomondan, loyihaning ijodiy yondashuvida yangilik yetishmasligini tanqid qildi.

Ma’lumot uchun, “Garri Potter” olamining qayta ishga tushirilishi haqidagi gap-so‘zlar ilk bor 2023 yil bahorida paydo bo‘lgan edi. Keyinchalik operator Adriano Goldman serialning ilk mavsumi 8 qismdan iborat bo‘lishini, butun loyiha esa o‘n yil davomida suratga olinishi kutilayotganini ma’lum qilgan. Ushbu vaqt ichida kamida yetti fasl taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Serial ustida J.K. Rouling, Franchesko Gardiner, Nil Bler, Rut Kenli-Letts va Devid Xeyman prodyuser sifatida ishlamoqda. Yangi loyihada Garri Potter rolini Dominik Maklaflin ijro etadi. Arabella Stenton Germiona Grenger, Alaster Stout esa Ron Uizli obrazida namoyon bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?