date

“Twilight” dostoni ilk bor YouTube’da namoyish etiladi

“Twilight” dostoni ilk bor YouTube’da namoyish etiladi

Peopletalk‘ning yozishicha, kelasi hafta YouTube platformasida mashhur “Twilight” dostoni filmlari ilk marta bepul namoyish qilinadi.

Robert Pattinson va Kristen Styuart rol ijro etgan ushbu beshta film translatsiyasi Lionsgate va Fathom Entertainment qo‘llab-quvvatlovi ostida tashkil etilmoqda. Bu loyiha “Twilight”ning birinchi romani nashr etilganining 20 yilligiga bag‘ishlanib, shu yilning oktabrida kinoteatrlarda qayta namoyish etiladigan maxsus dastur doirasiga kiradi.

Shuningdek, Lionsgate o‘zining YouTube kanalini muxlislar talabining ortib borayotgani sababli qayta ishga tushirdi. Endilikda unda eksklyuziv videolar va qo‘shimcha materiallar taqdim etiladi.

“Twilight Saga” kinosi tarixdagi eng muvaffaqiyatli o‘smirlar franshizalaridan biri bo‘lib, beshta film umumiy hisobda 3,3 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan. Asarlar Stefani Mayerning 160 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 49 tilga tarjima qilingan mashhur romanlari asosida yaratilgan.

Shuningdek, Lionsgate yozuvchi Stefani Mayerning “Yarim tungi quyosh” (“Midnight Sun”) romanini Netflix platformasida serial ko‘rinishida taqdim etishi ham rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Twilight” dostoni ilk bor YouTube’da namoyish etiladi