date

O‘zbek estradasida iz qoldirgan Muhriddin Xoliqov haqida

O‘zbek estradasida iz qoldirgan Muhriddin Xoliqov haqida

5 sentyabr kuni o‘zbek estradasida sevib tinglanadigan «Qishloqdagi qiz», «Bu dunyo» va «Uzatamiz» kabi e’tiborga molik qo‘shiqlar ijrochisi Muhriddin Xoliqovning tavalludiga 66-yil to‘ldi. Shu sana munosabati bilan muxlislar uchun o‘zbek estradasida o‘chmas iz qoldirgan san’atkorning repertuari asosida qiziq test tayyorlandi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqov 1959-yil 5-sentyabrda Namangan shahridagi san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidanoq qo‘shiq xitoyi qilishga qiziqqan va akkordeon hamda rubob asboblarida ijro qilishga mehr qo‘ygan xonandaga otasi shu so‘zlar bilan maslahat bergan: «San’atkorlikka intilishingni qaror qildingmi, vazifang xalqga xizmat qilishdir».

Muhriddin Xoliqov katta sahnaga ilk bor «Parizod» qo‘shig‘i bilan chiqdi. U o‘z qo‘shiqlarini har biri boshqacha va o‘ziga xos bo‘lishiga harakat qilardi. Kunning bir qismi soatlab qo‘shiq yozish bilan o‘tsa, qolgan vaqtda futbol bilan shug‘ullanib, charchoqni olib tashlar, keyin esa ijodiy jarayonni davom ettirgan.

Sherali Jo‘rayevning shogirdi bo‘lgan, shuningdek Ozodbek Nazarbekov, Abdulla Qurbonov va Anvar Sanayevlarning ustozi ham bo‘lgan Muhriddin Xoliqov «Laylim», «Go‘zalim», «Besh kunlik dunyo», «Boqma», «Nozanin» va «Qizg‘aldog‘im» kabi eng mashhur xit qo‘shiqlarni kuylagan. U faoliyati davomida yigirmaga yaqin turli konsert dasturlarini taqdim qilgan — eng oxirgisi 2000-yilda bo‘lgan. Afsuski, san’atkor 2001-yil 21-noyabrda olamdan o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbek estradasida iz qoldirgan Muhriddin Xoliqov haqida