Akshay Kumar: Bollivudning «Oltin Odami»

Akshay Kumar: Bollivudning «Oltin Odami»
Akshay Kumar: Bollivudning «Oltin Odami»

Akshay Kumar Hindiston kino sanoatida eng sermahsul va mashhur aktyorlardan biri. U 150 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan va Bollivudda “Khiladi” (“O‘yinchi”) unvoni bilan mashhur bo‘lgan.

1967 yilda Panjobda tug‘ilgan Akshayning asl ismi Radjiva Hari Om Bxatiya. U ilk bor Gonkongda oshpazlik va jang san’ati bilan shug‘ullangan, keyin esa Hindistonga qaytib, modellikdan aktyorlikka qadam qo‘ygan.

1990 yillarda u “Khiladi” seriyasi bilan katta obro‘ topdi. Bugungi kunda u nafaqat janrli filmlarda, balki komediya va dramatik rollarda ham o‘zini ko‘rsatgan. “Hera Pheri”, “Bhool Bhulaiyaa”, “Airlift” va “Kesari” uning eng mashhur kartinalaridan hisoblanadi.

Akshay Kumar: Bollivudning «Oltin Odami»

Akshay Kumar nafaqat aktyor, balki ishbilarmon va xayrli ishlar tarafdori sifatida ham tanilgan. U fitnesga katta e’tibor beradi, har kuni soat 4:30 da uyg‘onib mashq qiladi.

Forbs jurnali ma’lumotiga ko‘ra, u dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktyorlar qatoriga kirgan. Bir film uchun o‘rtacha 70–120 kror rupiygacha haq oladi. Shu bois, muxlislari uni “Bollivudning Oltin Odami” deb atashadi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar