date

Giorgio Armani vasiyati: brend kelajagi haqida qaror

Giorgio Armani vasiyati: brend kelajagi haqida qaror

Italiyalik mashhur dizayner Giorgio Armani vasiyatnomasidagi shartlar ochiqlangani haqida La Repubblica xabar berdi.

Armani merosxo‘rlariga o‘z brendini sotish yoki aksiyalarni IPO orqali joylashtirishni tavsiya qilgan. U kompaniyadagi ulushini ikki bosqichda sotishni belgilagan: avval o‘limidan keyin 18 oy ichida Giorgio Armani S.p.A.ning 15 foizi, keyingi 3–5 yil ichida esa yana 30 foizdan 54,9 foizgacha aksiyalarni bir investor ixtiyoriga topshirish kerak bo‘ladi.

Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, ustuvor xaridorlar orasida L’Oreal, LVMH va EssilorLuxottica kabi yirik lyuks kompaniyalari bor. Shuningdek, merosxo‘rlar IPO‘ni Italiyada ham, boshqa yirik bozorlarda ham amalga oshirish huquqiga ega.

Ma’lum bo‘lishicha, Armani sherigi Pantaleo Dell’Orkoga ovoz beruvchi 40 foiz aksiyalarni, Fondazione Giorgio Armani jamg‘armasiga 30 foizni, qiz jiyani va o‘g‘il jiyaniga esa 15 foizni qoldirgan. Qolgan, ovoz berish huquqisiz aksiyalar boshqa qarindoshlarga meros sifatida berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Giorgio Armani 4 sentabr kuni vafot etdi. 6 sentabr kuni Milanda mashhur modelyer bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Giorgio Armani vasiyati: brend kelajagi haqida qaror