
O‘zbekiston xalq artistlari, ustoz san’atkorlar Sherali Jo‘raev va Yulduz Usmonova uzoq muddat davom etgan tanaffusdan so‘ng nihoyat bir sahnada qo‘shiq ijro etdi.
Ikki ustoz san’atkorning chiqishlarini “My5” telekanalining “Diydor shirin” ko‘rsatuvining bayram sonida tomosha qilishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki san’atkorning birga tushgan suratlari e’lon qilindi. Suratlar Sherali Jo‘raev va Yulduz Usmonovani sog‘ingan san’at shinavandalariga manzur bo‘layotganligini yozib qoldirilayotgan izohlardan bilish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar