date

Rejissor Tigran Keosayan vafot etdi

Rejissor Tigran Keosayan vafot etdi

Rossiyalik rejissor va telejurnalist Tigran Keosayan 59 yoshida olamdan o‘tdi. Uning vafoti haqida turmush o‘rtog‘i Margarita Simonyan xabar berdi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.

Tigran uzoq yillar davomida og‘ir yurak kasalliklari bilan og‘rigan va 2025 yil yanvarda komaga tushgan edi. U 2008 yilda birinchi infarktni boshdan kechirgan va bir necha operatsiyalardan o‘tgan.

Tigran Keosayan 1966 yil 4 yanvarda taniqli rejissor Edmond Keosayan va aktrisa Laura Gevorkyan oilasida tug‘ilgan. Uning professional faoliyati musiqiy kliplardan boshlangan va keyin “Landish serebristiy”, “Bednaya Sasha”, “Mujskaya rabota” kabi filmlarni suratga olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rejissor Tigran Keosayan vafot etdi