Teylor Svift nafaqat pop yulduz, balki o‘z biznesini muvaffaqiyatli rivojlantirgan tadbirkor. Uning jamoasi kasseta savdosidan tortib mehmonxona bronlarigacha cho‘ziladigan butun iqtisodiy ekotizim yaratgan.
U bir vaqtning o‘zida bir nechta rolni bajaradi: jahon miqyosidagi shou yulduzi, kino prodyuseri va NFL olamida ham mashhur shaxs.
2023-yildan e’tiboran u milliarderlar qatoriga kirdi.
Yangi albom va konsert filmi orqali daromad
-3-oktyabr kuni Svift 12-studiya albomi – The Life of a Showgirl va konsert filmini chiqardi.
-Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki yilda boyligi 1 milliard dollarga o‘sib, 2,1 milliardga yetgan.
-Bu o‘sish asosan gastrollar, filmlar va ilk albomlari huquqlarini qayta sotib olish hisobiga amalga oshirilgan.
“Swiftonomics” – biznes model va strategiya
-Svift an’anaviy studiyalar tizimiga qarshi chiqib, foydali biznes kelishuvlarini shaxsiy imidji va brendiga aylantirgan.
-“Swiftonomics” tushunchasi – Taylorning iqtisodiy strategiyasi, bu san’atkorlar emas, balki prodyuserlar asosiy daromadni oladigan tizimga qarshi chiqishdan paydo bo‘lgan.
Konsert turlari va mahalliy iqtisodiyotga ta’siri
-Eras Tour gastrollari 51 shahar iqtisodiyotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
-Shimoliy Amerikada chipta sotuvidan 2,2 milliard dollar foyda keltirildi.
-Muxlislar (Swifties) AQSHda taxminan 5 milliard dollar sayohat, mehmonxona, ozuqa va suvenerlarga sarfladi.
-Gastrollar shahar markazlarida avtomobil harakati va mehmonxonalar bandligini keskin oshirdi.
Konsert filmi va film tarqatish strategiyasi
-Taylor Swift: The Eras Tour filmi pandemiyadan keyin kinoteatr bozori uchun mislsiz turtki bo‘ldi.
-AMC bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlik Sviftga umumiy daromadning katta ulushini olish imkonini berdi.
-Yangi film – Taylor Swift: The Official Release Party of a Showgirl – faqat reliz kechasi tarzida bir haftada namoyish etiladi va AQSHdagi daromadi 30–35 million dollar orasida bo‘lishi kutilmoqda.
Musiqiy katalog va intellektual mulk
-Svift 2019-yildan beri yaratgan musiqa asarlarining umumiy qiymati 400 million dollar atrofida baholangan.
-Ilk albomlar ustidan master yozuvlar huquqini qayta sotib olib, Taylor’s Version qayta yozilgan albomlari ustidan to‘liq nazoratga ega bo‘ldi.
Striming va yangi biznes model
-Spotify ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p tinglangan ijrochi.
-Albomlar 100 marotabadan ortiq platina maqomiga erishgan.
-Striming xizmatlari asosiy daromad manbai bo‘lib, faqat albom sotishdan ko‘ra ko‘p kanalli biznes model yaratilgan: merch (brendlangan mahsulotlar)
-kolleksiyaga mo‘ljallangan vinil va kassetalar
-konsert turlari
-filmlar
Taylor Svift nafaqat ijodiy muvaffaqiyat, balki “Swiftonomics” orqali butun iqtisodiy mexanizmni yaratdi. Uning strategiyasi faqat albom yoki chipta sotishdan emas, balki turli platformalar va biznes yo‘nalishlari orqali milliardlar yaratish imkonini bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!