date

Robert Pattinson "Sumerki"dagi Edvard roliga qaytishi mumkin

Robert Pattinson "Sumerki"dagi Edvard roliga qaytishi mumkin

Mashhur britaniyalik aktyor Robert Pattinson vampirlar haqidagi afsonaviy "Sumerki" filmidagi Edvard Kallen obraziga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu kutilmagan e’tirof Vanity Fair uchun Jennifer Lourens bilan bo‘lgan video-intervyu davomida yangradi.

Lourens Pattinsondan bu mashhur rolga qaytishi mumkinligi haqida so‘raganida, u: "Ha, albatta", deb javob berdi. Aktrisa bunga hazilomuz tarzda “Buni qilmasang yaxshi bo‘lardi, deb o‘ylayman,” dedi. Pattinson esa tabassum bilan javob qaytardi: “Menga yosh aktyorlarning rollarini olish yoqadi. Ha, yana 17 yoshli yigitni o‘ynamoqchiman,” — dedi u kulib.

Eslatib o‘tamiz, afsonaviy "Sumerki" sarguzashtlari besh qismdan iborat bo‘lib, ular 2008 yildan 2012 yilgacha ekranlarga chiqqan. Kinokartinalar butun dunyo bo‘ylab uch milliard dollardan ortiq daromad to‘plagan va Robert Pattinson, Kristen Styuart hamda Teylor Lotnerlarga ulkan shuhrat olib kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Robert Pattinson "Sumerki"dagi Edvard roliga qaytishi mumkin