12:44 / 21.04.2015
11 519

Sabina Mustaeva Birinchi kanalning «Vecherniy Urgant» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi

Sabina Mustaeva Birinchi kanalning «Vecherniy Urgant» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi

«Golos. Deti» loyihasining ikkinchi mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Musaeva 20 aprel kuni Rossiya Birinchi kanalining «Vecherniy Urgant» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri.

Boshlovchi Ivan Urgantning savollariga ham hazilomuz tarzda, ham samimiy javob qaytargan Sabina ko‘pchilik muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

«Tanlovdan chetlatishgach, Toshkentga qaytib ketdim. Maktabga bordim, meni bunchalik qo‘llab-quvvatlashlarini kutmagandim. Hamma ajoyib qatnashganimni aytdi. Do‘stlarim ko‘paydi. Bir kuni oqshomda oyim chaqirib, menga finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralashda qatnashish imkoni berilgani haqidagi xatni o‘qib berdi. Uzoq vaqt bunga ishonmagandim. Keyin Moskvaga keldik hamda Maksim Fadeev va jamoamiz bilan uchrashdik.

Qo‘shiqchi bo‘lishga taniqli saksofonchi bo‘lgan bobom yordam bergan. Ilk marta ikki yoshimda arg‘imchoq uchayotib kuylaganman va ovozimni eshitib hayron qolishgan. 11 yoshimdan musiqa maktabiga borganman. Dastlab Merilin Monro qo‘shig‘ini aytgandim, keyin repertuarni o‘zgartirdim. Superyulduz bo‘lishni rejalashtiryapman. Qo‘limdagi bilaguzukni omad keltiradi deb buvim bergan», − dedi Sabina.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sabina Mustaeva Birinchi kanalning «Vecherniy Urgant» ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi