date

Renuarning avval noma’lum bo‘lgan surati kimoshdi savdosida 1,8 mln yevroga sotildi

Renuarning avval noma’lum bo‘lgan surati kimoshdi savdosida 1,8 mln yevroga sotildi

Per Ogyust Renuarning rassomning o‘g‘li Jan va uning enagasi tasvirlangan ilgari noma’lum bo‘lgan kartinasi Parijdagi Drouot auksionida 1,8 mln yevroga sotildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Moybo‘yoqda ishlangan "Bola va uning o‘yinchoqlari - Gabriel va rassomning o‘g‘li Jan" polotnosi ilgari hech qachon ko‘rgazmaga qo‘yilmagan va sotilmagan. Rasm Janning cho‘qintirgan onasi Janna Bodoga tegishli bo‘lib, u ham Renuarning do‘sti va shogirdi edi.

San’atshunos Paskal Perrenning ta’kidlashicha, Renuarning polotnosi restavratsiya qilinmagan va "favqulodda holatda."

1894 yilda tug‘ilgan Jan Renuar rejissyor bo‘ldi va 1975 yilda "Alohida yutuqlar" uchun "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning asarlari orasida Birinchi jahon urushi paytida nemis asirligidan qochishga uringan ikki fransuz harbiy asiri tarixiga bag‘ishlangan "Buyuk illyuziya" kartinasi bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Renuarning avval noma’lum bo‘lgan surati kimoshdi savdosida 1,8 mln yevroga sotildi