
29-noyabr kuni Jahongir Otajonovning yangi “Moda” qo‘shig‘i va unga ishlangan klipi YouTube platformasida e’lon qilindi. Ushbu klip bir qancha ijobiy fikrlarga sabab bo‘ldi va tomoshabinlar tomonidan keng muhokama qilindi. Klipda bir qator san’at va kinematografiyaning noan’anaviy uslublariga ishora qilinishi bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilmoqda.
Klipni Sardor Faxriddinov rejissyorlik qilgan, u avval ham Jahongir Otajonov bilan ishlangan, yuqori darajadagi video-ijod namunalarini yaratgan. Avvalgi ishlarda ham kinematografik ishoralar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bu safar ular yanada sirli va zamonaviy estetikaga ega bo‘ldi. Klipning boshlanishida "Frankenshteyn" romani va personajiga ishora qilish orqali odamlarning modaga bo‘lgan qiziqishini tanqid qilinadi. "Frankenshteyn" personaji — Meri Shelining asaridagi dahshatli maxluq, uning o‘zi ham o‘zligini yo‘qotgan insonni aks ettiradi.
Klipda zamonaviy tendensiyalar ham tanqid ostiga olinadi, ayniqsa, Afrodita haykali orqali go‘zallik va sevgi haqidagi qadimgi tushunchalar tasvirlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, antika san’ati va yunon mifologiyasiga ishora qiladi.
Klipda yana "red flag" tendensiyasiga ishora qilib, zombi apokalipsisi boshlanadi va Jahongir Otajonovni quvishayotgan qizlar tomonidan qizil bayroq ko‘rsatiladi. Bu esa, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketgan “red flag” ma’nosini ta’kidlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.