
“Mitti vayn” orqali ommalashgan va “X-faktor” loyihasida ishtirok etayotgan ishtirokchi Abdurahim sahnada kutilmagan, ayni paytda juda ta’sirli lahzani yaratdi — u ukasiga yangi avtomobil sovg‘a qildi.
Hodisa haqidagi lavha Abdurahimning o‘z ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi. Unda u quyidagi samimiy so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Otam rahmatlini ‘Kenjatoy’lari, umring uzoq bo‘lsin. Sani yaxshi ko‘raman… Oilamiz nomidan va, albatta, rahmatli otam berishga ulgura olmagan sovg‘alarini berdim.”
Tomoshabinlar sahnadagi bu lahzani katta hayajon va olqishlar bilan qarshi oldilar. Ko‘plab muxlislar Abdurahimning ukasiga nisbatan mehribonligi, otasining o‘rnini to‘ldirishga bo‘lgan intilishi va oilaviy qadriyatlarga hurmati tahsinga loyiq ekanini ta’kidlashdi.

Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.