
Shu kunlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli mish-mishlar tarqatilayotgani haqida xabar bergan edik.
Garchi internetda yashin tezligida tarqalayotgan gaplar yolg‘on ekani ma’lum qilingan bo‘lsa-da, Sherali Jo‘raev muxlislari orasida allaqachon gap-so‘zlar bolalab bo‘ldi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Shu sababli bo‘lsa kerak, hofizning to‘ng‘ich o‘g‘li Shoxjahon Jo‘raev Instagram’dagi sahifasiga kecha, 1 fevral kuni otasi bilan tushgan suratini joylashtirdi. Suratga ostiga o‘ylashimizcha, xonandaning ma’muri izoh yozib qoldirdi. Unda muxlislardan turli gap-so‘zlarga ishonmasliklari iltimos qilinadi:
“Diqqat! Telegram’da tarqalgan yolg‘on xabarlarga ishonmanglar. Bu hasadgo‘y kimsalarning ataylab o‘ylab topgan navbatdagi yolg‘oni. Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, Sherali Jo‘raev ko‘rib turganingizdek soppa-sog‘. Ota-bola birga tushlik qilishyapti.
Ustozimiz hali ko‘p yillar xalqimizga o‘z qo‘shiqlari bilan xolis xizmat qilishlarini Yaratgandan so‘rab qolamiz.
Har xil yolg‘on mish-mishlarni tarqatayotganlarga ham Xudo insof bersin”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing