09:28 / 02.02.2017
28 879

Sherali Jo‘raevni “o‘ldi”ga chiqarishdi

Sherali Jo‘raevni “o‘ldi”ga chiqarishdi

So‘nggi ikki kun ichida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevning vafot etgani borasidagi xabarlar tarqalmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Xususan, Telegram mesenjerida xonandaning o‘g‘li Shohjahon Jo‘raevning noma’lum shaxs bilan yozishmasi aks etgan surat paydo bo‘ldi. Unda Shoxjahon Jo‘raev nomiga ochilgan sahifa tomonidan Sherali Jo‘raevning vafot etgani, ammo bu haqda hali xalqqa oshkor qilinmagani yoziladi.

Biz ushbu shum xabarning yolg‘on ekaniga umid qilib, Sherali Jo‘raevning ijodiy jamoasi bilan bog‘landik.

“Bu mish-mish. Hofiz salomatlar. Halqimizdan turli yolg‘onlarga ishonmasliklarini so‘ragan bo‘lardik”, deydi Sherali Jo‘raevning ma’muri.

Suratga e’tibor bilan qaralsa, sahifaga Shohjahon Jo‘raev ismi yozilgani bilan bu sahifa soxtaligini bilish qiyin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sherali Jo‘raevni “o‘ldi”ga chiqarishdi