Izzat Shukurov konsertida yigit yaxshi ko‘rgan qiziga turmush qurishni taklif qildi (video)

Izzat Shukurov konsertida yigit yaxshi ko‘rgan qiziga turmush qurishni taklif qildi (video)

Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena'da Izzat Shukurovning konserti nafaqat musiqiy chiqishlar, balki romantik lahzalarga ham boy bo‘ldi. Konsert davomida yigitlardan biri xonandaning qo‘shig‘i ostida sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi.

Videolarda aks etganidek, yigit qo‘lida guldasta bilan qizning yoniga keladi. U gulni taqdim etgach, qizga uzuk uzatib, turmush qurishga rozilik so‘raydi. Qizning «ha» degan javobidan so‘ng yigit uzukni uning barmog‘iga taqadi.

Ushbu romantik lahza atrofdagi tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. Ular juftlikni qarsaklar bilan olqishlab, baxt tilashdi. Ko‘pchilik bu unutilmas daqiqalarni telefon kameralariga muhrlab oldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga bildirilgan izohlarda ham foydalanuvchilar juftlikni tabriklab, ularga baxtli hayot va mustahkam oila tilamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar