20:21 / 16.02.2017
5 808

“E’tirof” taqdimot marosimi “My5” telekanali orqali namoyish etiladi

“E’tirof” taqdimot marosimi “My5” telekanali orqali namoyish etiladi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar madaniyat va san’at markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinadigan “E’tirof” milliy mukofoti taqdirlash marosimi joriy yilning 14 fevral kuni “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Bu yilgi taqdimot marosida 49 nominasiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.

Taqdimot marosimida ishtirok eta olmaganlar uni oynai jahon orqali tomosha qilishlari mumkin. “E’tirof” taqdimot marosimi bugun, 16 fevral kuni soat 20:30 “My5” telekanali orqali namoyish etiladi.

Ma’lumot uchun, bu yil taqdirlanganlar orasida “My5” telekanali jurnalisti Sevara O‘rinboyeva ham bor. “Yil teleloyihasi” nominasiyasida g‘oliblik “My5” telekanalining “Mening ovozim” tok-shousiga nasib etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)