Aktrisa Anjelika Yesimbetova film uchun 35 kilo ozdi!

Aktrisa Anjelika Yesimbetova yangi chiqqan “Namozshomgul” badiiy filmi sabab 35 kilogrammga ozgani haqida so‘zlab berdi. Mazkur filmda u bosh qahramon obrazini gavdalantirgan.
“Bu filmda rol ijro etishim hayotimdagi katta burilish bo‘ldi. O‘sha paytda vaznim 151 kilogrammga yetgandi. Sog‘lig‘imda jiddiy muammolar, oyoqlarimda og‘riqlar boshlangan, o‘zimni doim charchagan his qilardim. Shu sabab filmni o‘zimga turtki deb qabul qildim”, — deydi aktrisa.
Yesimbetovaning so‘zlariga ko‘ra, filmning 98 foizi vazni 151 kilo bo‘lgan paytda suratga olingan. Ammo ssenariy bo‘yicha qahramon film oxiriga kelib ozishi kerak edi. Shu sabab suratga olish guruhi Anjelikaning ozishini 3 oy davomida kutgan.
“Men 4 oy ichida deyarli ovqat yemadim. Juda katta iroda bilan o‘zimni tutdim. Filmni oldim, sog‘lig‘imni tikladim — bitta o‘q bilan ikkita quyonni urdim”, — deya qo‘shimcha qilgan aktrisa.
Ayni paytda “Namozshomgul” filmi premyerasi bo‘lib o‘tgan va tomoshabinlar orasida qiziqish uyg‘otmoqda. Anjelikaning ijrosi va jismoniy o‘zgarishi esa keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!