Xusnora: 2025 yil men uchun sayohatlar bilan unutilmas bo‘ldi

Xusnora 2025 yil o‘zi uchun juda ko‘p sayohatlar va unutilmas xotiralarga boy bo‘lganini ta’kidladi. U yil davomida turli qit’a va hududlarda bo‘lib, o‘zini ilhomlantiradigan, odatdagidan farq qiladigan yo‘nalishlarni tanlaganini aytdi. Xususan, u shimoliy yog‘dularni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani, shuningdek, yana bir bor Islandiyaga borgani, Afrika qit’asida sayohat qilgani hamda tabiati bilan mashhur bo‘lgan Kamchatka hududiga safar uyushtirganini alohida qayd etdi.
— Bir so‘z bilan aytganda, men boshqacha, ommaviy bo‘lmagan va insonni ruhan o‘zgartiradigan sayohatlarni yaxshi ko‘raman, — dedi u.
Jurnalistning “Sayohat insonga nima beradi?” degan savoliga javob berar ekan, Xusnora har bir safar inson ongini yangilashini, fikrlash tarzini o‘zgartirishini va dunyoqarashini sezilarli darajada kengaytirishini ta’kidladi.
— Har bir sayohat insonni boshqacha o‘ylashga o‘rgatadi, hayotga qarashini boyitadi. Menimcha, insonning shaxsiy o‘sishi uchun qilingan eng to‘g‘ri sarmoya — bu sayohatlarga yo‘naltirilgan sarmoyadir. Sayohat orqali inson o‘zini ham, dunyoni ham yaxshiroq anglay boshlaydi, — dedi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!