date

Xonzoda Do‘stova: Ona bo‘lgach shaxsiyatim o‘zgardi

Xonzoda Do‘stova: Ona bo‘lgach shaxsiyatim o‘zgardi

Xonanda Xonzoda Do‘stova Navo telekanalining “Navo mehmonda” dasturida ona bo‘lganidan keyin hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ona bo‘lishimdan oldin men qaysar, tez jahlim chiqadigan va qizishib ketadigan edim. Turmush qurgach, haqiqiy sinovlar va mas’uliyat boshlanarkan. Farzandli bo‘lgach esa o‘zimga shunday savollar berardim: farzandimga yetarli mehr bera olyapmanmi? Yetarli vaqt ajratayapmanmi?

O‘g‘lim dunyoga kelganidan keyin, qisman bo‘lsa ham, ijobiy tomonga o‘zgardim. Hozir ancha xotirjam va og‘ir-bosiqroqman. Chunki men shunday deb hisoblayman: agressiv muhitda ulg‘aygan bola ko‘pincha qo‘rqoq bo‘ladi. Farzandim bilan yaqin do‘stlardek bo‘lishni istayman. Hatto jahlim chiqib, qizishib turgan paytlarimda ham farzandim oldida o‘zimni bosishga, og‘irroq bo‘lishga harakat qilaman, xo‘jaynim oldida ham xuddi shunday”, — deya qo‘shimcha qildi.

Uning bu samimiy so‘zlari ona bo‘lishning shaxsiyatga qanday ijobiy ta’sir qilishi haqida o‘quvchilarni o‘ylashga majbur qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonzoda Do‘stova: Ona bo‘lgach shaxsiyatim o‘zgardi