Tohir Sodiqov uchun oila mustahkamligi nimada? Kutilmagan javob

Tohir Sodiqov — o‘zbek estradasining taniqli vakillaridan biri, musiqachi, bastakor, aktyor va “Bolalar” guruhi solisti sifatida ko‘pchilikka yaxshi tanish. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan hamda “Nihol” mukofoti va “Tarona” kabi nufuzli sovrinlar sohibi hisoblanadi.
San’atkor intervyulardan birida uning oilasini mustahkam saqlab kelayotgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. U oila masalasida qat’iy qarashlarga egaligini ochiq aytdi.
“Albatta, bir ishni boshlaganingdan keyin uni oxirigacha olib borish kerak. Erkak kishida ayol bitta bo‘lishi kerak, faqat eng yaxshi ko‘rgan, jonajon, o‘z oilasining bekasi bo‘lishi shart”, — deya ta’kidladi xonanda.
Tohir Sodiqovning so‘zlariga ko‘ra, oila muqaddas tushuncha bo‘lib, unga sodiqlik va mas’uliyat bilan yondashish zarur. Uning fikricha, baxtli turmushning asosi — muhabbat, ishonch va barqarorlikdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!