15:34 / 18.03.2017
12 307

​Aziza Niyozmetova: “Istiqlol”da shuncha konsert berdim, lekin hatto “Nihol”ni ham ololmadim

​Aziza Niyozmetova: “Istiqlol”da shuncha konsert berdim, lekin hatto “Nihol”ni ham ololmadim

Xonanda Aziza Niyozmetova shu kunga qadar bironta mukofot , hatto “Nihol” mukofotini ham olmagani, undan keyin chiqqan san’atkorlar unvonlar olayotgani haqida jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda gapirib o‘tdi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

“Men hayot davomida chuqur o‘ylab bir xulosaga keldim: ‘Kursi, tobut hech kimga vafo qilmaydi’, deyishadi. Lekin sahna ham vafo qilmas ekan. Bugun senga chalingan qarsak ertaga boshqaga ham chalinaverar ekan. Biz ijodkormiz, ijodimizni qilaveramiz. Kimga yoqish, kimga yoqmaslikni biz tanlamaymiz.

Men o‘n yillab shuncha konsertlar berdim, davlat tadbirlarida ishtirok etdim, Xorazmda hisobot konsertlar berdim. Lekin ‘Nihol’ mukofotini ham olganim yo‘q. ‘O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist’ unvoni olganim yo‘q. Mendan keyin chiqqan yosh xonandalar, shogirdlarimiz unvon olyapti. Men bundan ranjimayman. Men xalqni mehriga sazovor bo‘ldim,muxlislarimning yuragidan joy oldim. ‘Aziza’ bo‘lib tanildim.

Bu narsaga ya’ni xizmat ko‘rsatgan, xalq artisti unvonlariga nomunosiblar ham bor. ‘Istiqlol’ san’at saroyida mehnat qilib, peshonasidan ter chiqmaganlar bor. Ular ‘O‘zbekiston xalq artistini’ olgan. Men bundan ranjimayman. Mayli, omadini bersin. Necha yil imtihon berganimga, konsert berganimga, qancha davlat tadbirlarida ishtirok etganim uchun qo‘limga bitta diplom olmaganimga afsuslanmayman”, — deydi Aziza Niyozmetova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Aziza Niyozmetova: “Istiqlol”da shuncha konsert berdim, lekin hatto “Nihol”ni ham ololmadim