Shirin Zoitova: “Qop kiysam ham yarashadi”

Shirin Zoitova intervyularidan birida o‘zining kiyinish uslubi va qarashlari haqida samimiy fikr bildirdi.
Suhbat davomida unga: “Ko‘plab xonandalar uyida kiyim kolleksiyasi yig‘adi, sizda ham kolleksiya bormi?” degan savol berildi. Xonanda bu savolga sodda va ochiq javob qaytardi:
“Men kolleksiya yig‘mayman. Kiyaman, kiyaman va kiyib bo‘lganlarimni boshqalarga tarqatib yuboraman. Hech qachon uyimda 10 yil oldingi kiyimlarimni yoki qimmatbaho liboslarni yig‘ib yurmayman. Umuman olganda, kiyim-kechak, taqinchoqlar, oyoq kiyimlar yoki sumkalarga katta pul sarflashni yoqtirmayman”, — dedi u.
Suhbat yakunida esa xonanda hazil aralash iliq fikr bilan barchani kuldirib qo‘ydi:
“Oyijonim aytadilar: ‘Sen qop kiysang ham yarashadi’, — deb”, — deya samimiy tarzda so‘zini yakunladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!