Kichkina Yasminaning oshi ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (video)

Kichkina Yasminaning oshi ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (video)

Xonanda Shirin Zoitovaning qizi, kichik bloger Yasmina Zoitova Instagram sahifasida osh tayyorlash bo‘yicha qiziqarli videoni ulashdi. Ushbu video qisqa vaqt ichida kuzatuvchilarning e’tiborini tortdi.

Videoda Yasmina avval o‘zbek milliy libosini kiyib, so‘ng osh tayyorlash jarayonini boshlab beradi. U palovni katta oshpazlar singari bosqichma-bosqich tayyorlab, har bir jarayonni ishonch bilan bajaradi. Yakunda esa tayyor oshni milliy laganga chiroyli suzib, barchani dasturxonga taklif qiladi.

Yasminaning tabiiyligi, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati va osh tayyorlashdagi mahorati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga manzur bo‘ldi. Izohlarda kuzatuvchilar kichik blogerni maqtovlarga ko‘mib, uning pazandalik qobiliyatiga qoyil qolganini yozishmoqda hamda kelgusidagi ijodiga omad tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar