Yosh chempion Javohir Sindorov qaysi futbol jamoasiga muxlislik qilishini aytdi

Yosh chempion Javohir Sindorov qaysi futbol jamoasiga muxlislik qilishini aytdi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov intervyularidan birida futbolga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi. Undan qaysi jamoaga muxlislik qilishi so‘ralganda, shaxmatchi o‘ziga xos javob qaytardi.

“Faqat O‘zbekistonga muxlislik qilaman. Messi Parijdan Yevropa futboliga chiqqandan keyin endi muxlislik qilmayman”, — dedi Javohir Sindorov.

Shuningdek, u O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini imkon qadar kuzatib borishini ham ta’kidladi.

“O‘zim boraman O‘zbekistonga muxlislik qilgani”, — deya qo‘shimcha qildi grossmeyster.

Sindorovning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar orasida qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik uning milliy jamoaga bo‘lgan sadoqatini olqishlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar