13:35 / 25.04.2017
10 531

Lola Ahmedova tinchini buzgan “muxlis”ini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirdi

Lola Ahmedova tinchini buzgan “muxlis”ini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirdi
Xonanda Lola Ahmedova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda o‘zining ashaddiy muxlislari, jumladan muxlislikni me’yordan oshirib yuborgan ayrim “fanat”lari haqida so‘zlab berdi.

“Bundan bir necha yillar avval bir inson sizga atalgan xatlarini tahririyatimizga yo‘llab, agar chop etmasak, sudga berish bilan tahdid qilardi” deb xotirlaydi Jasur Hamroyev Lola Ahmedovaning ashaddiy muxlislaridan birini.

“Bu inson bilan ro‘baro keldim. Suhbatlashdim. O‘zimni ko‘rsa, sen bilan ishim yo‘q, deydi. Lekin biz buning tagiga etganimizda u kishining ruhiy nosog‘lom ekanligini aniqladik. Yoki bu ish kimgadir kerakmikan? Buni vaqt ko‘rsatadi. Bu insondan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirganimizdan so‘nggina qutuldik. U haqiqatan ham nosog‘lom, noadekvat inson”,—deydi Lola Ahmedova.

“Balki u inson sizning muxlisingizdir?” degan savolga xonanda quyidagicha javob beradi:

“U inson mening muxlisim bo‘lganida, tinchimni buzmasdi. U tufayli ancha ovora bo‘ldim, asablarim buzildi. Prokuratura xodimlariga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. U achinishga loyiq. Uning onasi bilan suhbatlashishganida, ‘O‘g‘lim Lolaning muxlisi, uni yaxshi ko‘radi, men hech narsa qilolmayman’ degan ekan. U inson 42 yoshida bo‘lishiga qaramay, oila qurmaganligi uning ruhiy nosog‘lom ekanligini tasdiqlaydi”.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)